So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Eng bema'ni jarima
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 11331
Portugaliya chempionatining 1-turida «Portu» «Dragao» stadionida kamtarona «Shavesh» jamoasini qabul qildi. Tribunalardagi 46 ming kishi natija qanday yakunlanishini bilardi. Chunki mehmonlarda g'alaba qozonish uchun hech qanday imkoniyat yo'q edi. Jamoalar tanaffusga chiqishganida tabloda 3:0 hisobi ko'rinib turardi. Ikkinchi bo'limdagi to'qnashuvlarning birida Yasin Braimi va «Shavesh» hujumchisi Niltino dahanaki jangga kirishib ketishdi. Mojaroga bosh hakam Nuno Almeyde aralashishga majbur bo'ldi. Braimi braziliyalik futbolchining bo'ynidan ushlab, nimadir dedi. Hech kim hattoki sariq kartochka ham olmadi. O'yin yakunlanganidan so'ng futbolchilar ham, jamoalar ham bu haqda o'ylashmadi. Lekin ishga negadir «Benfika» aralashdi.
Lissabonliklarning nimaga aralashishgani tushunarsiz. Ammo «burgutlar» federatsiyaga Braimini chetlatish lozimligi borasida arz qilishdi. «Shavesh» bu vaziyatga e'tibor qaratmadi. Niltino va Portugaliyadagi kichik klubning boshqa vakillari ikki gigant-ning ishiga aralashishni istashmagan bo'lsa kerak. Videotakrorlarga tayangan «Benfika» hakam «Portu»ning jazoirlik futbolchisini etarlicha jazolmagan, deb hisobladi. To'g'ri, lissabonliklar «Portu»ning asosiy raqobatchilaridan biri hisoblanishadi. Braimining diskvalifikatsiya qilinishi esa qaysidir ma'noda jamoaga qo'l kelishi mumkin. Biroq «Benfika»ning arizasi nafaqat «Portu»ni, balki intizom qo'mitasini ham ajablantirdi.
Federatsiya surishtiruv ishlarini bir necha oy olib bordi va Braimini chetlatmaydigan bo'ldi. Lekin jarimaga tortdi. Jarima summasi hayron qoldiradi: 19 evro 13 tsent. Intizom qo'mitasi ko'ngliga kelgan raqamni tanlab jarimaga tortgan, deb o'ylashingiz mumkin. Aslida esa unday emas. 1913 yili «Portu» uchun jonajon bo'lgan Campo da Constituicao stadioni foydalanishga topshirilgan. Bungacha klub Campo da Rua da Rainha arenasida o'ynagan. Xullas, intizom qo'mitasidagilar «Benfika»ning arzini inkor etishmadi. Balki vaziyatdan chiqishning antiqa usulini qo'llashdi. Nima qilgan taqdirda ham, Yasin Braimi «yigirmatalik»dan mahrum bo'ladi. Umid qilamizki, federatsiyadagilar unga 87 tsent qaytim berishadi.
Aytgancha, «Benfika» bu qarorga rozi bo'lmadi va apellyatsiya bermoqchi. Endi qanday yo'l tanlashadi? Balki Yasin Braimi 19 daqiqa-yu 13 soniyaga diskvalifikatsiya qilinar?..