Kosovo milliy jamoasi futbolchisi Ispaniyaga maydon markazidan gol urdi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 206

31 mart, chorshanba kuni JCh-2022 saralash bosqichidan o'rin olgan Ispaniya va Kosovo terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv Luis Enrike shogirdlarining 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Mehmonlarning yagona goliga Besar Halimiy mualliflik qildi. Bunda "qizil furiya" posboni Unai Simon ham yordam berib yubordi. «Atletik» darvozaboni 69-daqiqa o'z jarima maydoni tashqarisida to'pni egalladi va oldinga tomon yugurdi. To'pni esa Halimiy undan olib qo'ydi va olis masofadan zarba berdi. Darvoza chizig'idagi himoyachi ham to'pni qaytara olmadi.
Ispaniya ushbu g'alaba evaziga o'z ochkolarini 7taga etkazib, "V" guruhi peshqadamiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
191