APL klublari bir yil hisobida futbol agentlariga qancha mablag' sarflagani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121

Premer-liga klublari yil davomida futbolchilar vakillariga oxirgi 12 oy ichida 272 million evro to'lashdi.
"Aristokratlar" "vositachilar"ga eng ko'p, 35 million funt to'lagan jamoa bo'lib turibdi. Chunki, yozda londonliklar transfer bozorida faol bo'lishgan va yangi kelganlarga 222 million funt sterling sarflashgan.
"Chelsi" Havertts (71 million evro), Verner (48 million evro), Chiluell (45 million evro), Ziesh (36 million evro) va Mendi (22 million evro)larni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. Tyago Silva va Malang Sarr esa erkin agent sifatida jamoaga qo'shilishgan.
Umuman olganda, dunyodagi eng pulli futbol ligasi agentlar uchun 2020 yil fevraldan 2021 yilgacha bo'lgan davrda 272 million evro sarflagan. Jadvalning so'nggi pog'onasidagi jamoa «Vest Bromvich» esa atigi 4 million ajratgan.
Quyida jadval bilan tanishishingiz mumkin
"Chelsi" - 35 million evro
"Manchester Siti" - 30 million evro
"Manchester Yunayted" - 29 million evro
"Liverpul" - 21 million evro
"Tottenxem" - 16 million evro
"Arsenal" - 16 million evro
"Everton" - 14 million evro
"Vulverxempton" - 12 million evro
"Lester" - 12 million evro
"Nyukasl" - 11 million evro
"Vest Xem" - 9 million evro
"Fulxem" - 9 million evro
"Aston Villa" - 8 million evro
"Brayton" - 7 million funtov sterling
"Sheffild" - 7 million evro
"Lids" - 7 million evro
"Sautgempton" - 6 million evro
"Kristal Pelas" - 6 million evro
"Bernli" - 4 million evro
"Vest Bromvich" - 4 million evro
Manba: The Athletic
Bosh sahifaga
262