Igor Sergeev «Aktobe»ning mart oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

O'zbekistonlik hujumchi Igor Sergeev «Aktobe»ning mart oyidagi eng yaxshi o'yinchisi nomiga loyiq ko'rildi. Bu haqda qozoq klubi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Umumiy o'n nafar futbolchi orasida Sergeev 29,3% ovoz to'plab, g'oliblikni qo'lga kiritgan. Keyingi o'rinlardan Tongo Dumbiya (26,8%) va Alisher Ajimov (12,1%) joy olgan.
Eslatib o'tamiz, «Paxtakor»ni erkin agent sifatida tark etgan Sergeev 2021 yilning fevral oyida «Aktobe» safiga borib qo'shildi.
Avvalroq Oston O'runov «Ufa»ning fevral martdagi eng yaxshi o'yinchisi deb topilgani xabar qilingandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
262