MYu hujumchisini yozda sotib yubormoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 174

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi hujumchi Antoni Marsyalni yozda sotishga qaror qildi.
Bosh murabbiy Sulsher frantsiyalik futbolchining o'yinlaridan qoniqish hosil qilmayapti va unga kelgusi mavsumlarda ishonch bildirmoqchi emas.
"Mankunianlar" rahbariyati 25 yoshli futbolchining transferini 45 million evroga baholamoqda. Marsyal Manchesterga 2015 yili “Monako”dan 60 million evroga olib kelingan edi.
Ma'lumot uchun, joriy mavsum Marsyal premer-ligada 22 ta uchrashuv o'tkazib, to'rtta gol urdi va uchta golli pas oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
234