Oston O'runov «Ufa»ning fevral martdagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

O'zbekistonlik yarim himoyachi Oston O'runov «Ufa»ning fevral mart oylaridagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.
«Spartak»dan ijara asosida olingan futbolchiga muxlislarning 45 foizi ovoz bergan. Keyingi o'rinlardan Timur Jamaletdinov va Aleksandr Belenov joy oldi.
20 yoshli futbolchi fevral va mart oyidagi o'yinlarda bitta golli uzatma amalga oshirdi. Shuningdek, Oston bu vaqt davomida 12 marta to'pni raqibdan olib qo'ygan, 29 bor dribling ishlatgan va uning 86% uzatmasi aniq chiqqan.
O'runov qishki transfer oynasida «Spartak»dan ijara asosida «Ufa» safiga qaytgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
233