Shahram G'iyosov yakshanba tongida ringga ko'tariladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5165

24 fevral tongida professional bokschimiz Shahram G'iyosov faoliyatidagi ettinchi jangini o'tkazadi. Meksikaning Tixuana shahrida o'tkaziladigan jangda hamyurtimizga meksikalik Edgar Puerto raqiblik qiladi.
Ma'lumot uchun, Shahram bugungi kunga kelib prof ringda 6 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'alaba qozongan. U 5ta bahsni muddatidan oldin o'z foydasiga hal etgan.
Tajribali Edgar Puerto esa shu kungacha 37 ta jang o'tkazgan. Ularning 25 tasida g'alaba qozongan (19 ta nokaut). 11 marotaba mag'lubiyatga uchragan (5 ta nokaut) va 1 ta durangga erishgan.
Mazkur jangda Shahram G'iyosovga omad tilaymiz.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
247