Pro liga. «Dinamo» Farg'onada g'alaba qozonib, peshqadamga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 108

Pro liga 2-turining so'nggi o'yinida «Dinamo» safarda «Istiqlol» ustidan zafar quchdi.
Uchrashuvning 26-daqiqasida Sardor Eminovning uzatmasidan keyin Siroj Meliev hisobni ochgan bo'lsa, 43-daqiqada mezbonlar vakili Elbek Otaqulov jarima zarbasidan aniq foydalanib, hisobni tenglashtirdi – 1:1.
Ikkinchi bo'limni hujumkor boshlagan «Dinamo» 51-daqiqada Temur Usmonov tomonidan kiritigan gol evaziga Farg'onadan g'alaba bilan qaytdi – 1:2.
Natijada ketma-ket ikkinchi g'alabasi evaziga «Dinamo» ochkolari sonini 6taga etkazib, Pro liga turnir jadvalida «Buxoro» bilan qo'shhokimlik o'rnatdi. To'plar nisbatiga ko'ra esa, «Dinamo» 1-o'ringa chiqib oldi.
30 mart (seshanba)
Pro liga. 2-tur.
«Istiqlol» - «Dinamo» - 1:2
Hakam: Firdavs Norsafarov (Qarshi)
Gollar: Elbek Otaqulov 43 - Siroj Meliev 26, Temur Usmonov 51.
«Istiqlol»: 21. Farrux Turdaliev, 5. Abduxoliq Qurbonov, 6. Abbosbek Maxstaliev, 8.Sardor Sotvoldiev, 9. Malikshoh Rasulov, 10.Elyor Mamasoliev, 18.Javohir Rasulov, 20. Dilyorbek Ermatov, 22.Elbek Otaqulov, 26. Jasur Qurbonov, 27.Islomjon Karimov
«Dinamo»: 1.Farhod Rahmatov, 8. Humoyun Sherbo'taev, 9. Temur Usmonov (Mixaylo Udod, 71), 14. Siroj Meliev, 15. Obid Jo'raboev, 16. Jasur Hasanov, 17. Temurbek Ismoilov (Islom Sharipov, 67), 21.Muhammadqodir Hamraliev, 26. Komil Sharafutdinov, 77. Sardor Eminov, 88. Oleg Marchuk (Faxriddin Alimov, 77).

Bosh sahifaga
153