Ronalduning sardorlik bog'ichi auktsionga qo'yildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 181

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu tomonidan Serbiyaga qarshi o'yinda otib yuborilgan sardorlik bog'ichi xayriya auktsionida sotiladigan bo'ldi.
"Tuttomercatoweb" tarqatgan xabarga ko'ra, portugaliyalik futbolchi otib yuborgan bog'ichni stadion xodimlaridan biri olgan. U esa sardorlik bog'ichini "Limundo" portali orqali auktsionda sotishga qaror qildi.
Savdodan tushgan pul 6 yoshli bemor bola Gavrilo Jurjevichni davolash uchun sarflanadi. Hozirda bog'ichning auktsiondagi narxi 3 ming evrodan oshdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
177