Levandovski EChLdagi «PSJ» bilan o'yinlarni o'tkazib yuboradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 169

"Bavariya"ning polshalik hujumchisi Robert Levandovski jarohati tufayli bir oyga safdan chiqqan edi.
Futbolchiga tizza ligamenti shikastlanishi tashxisi qo'yilgan. Bu haqida nemis klubi rasmiy matbuot hizmati xabar bergan. Hujumchi 2022 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Andorraniya jamoasi bilan o'yinda jarohat olgan edi (3:0).
Shunday qilib, Levandovski Chempionlar Ligasi chorak finalida PSJga qarshi (7 va 13 aprel) har ikkala uchrashuvni ham o'tkazib yuboradi.
Joriy mavsumda 32 yoshli Levandovski "Bavariya" tarkibida barcha musobaqalarda 36 o'yin o'tkazib, 42 gol urdi va 8 golga uzatma amalga oshirdiq. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
171