«Yuventus»ning ijaradagi futbolchisi Germaniyadan Braziliyaga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 169

"Bavariya" transfer huquqlari «Yuventus»ga tegishli bo'lgan yarimhimoyachi Duglas Kostani sotib olish imkoniyatini faollashtirmaydi.
Futbolchi oktyabr oyida Myunxen klubiga ijaraga kelib qo'shilgan edi. Ortda qolgan vaqt davomida esa "Bavariya" braziliyalikning o'yin darajasidan qoniqmadi, shuning uchun u "Yuventus"ga qaytadi. Bu esa o'z navbatida 30 yoshli yarimhimoyachiga yangi klub izlashi kerakligini anglatadi.
Futbol faoliyatini davom ettirish variantlaridan biri Braziliyaning "Gremio" klubi bo'lishi mumkin.
Ma'lumot o'rnida, Kosta joriy mavsum, Bundesliga doirasida 11 uchrashuv o'tkazgan va shundan faqat uchtasini asosiy tarkibda boshlagan.
Manba: GoalFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
324