Verner «Chelsi»ni tark etmoqchi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

"Chelsi" hujumchisi Timo Verner yozgi transferlar vaqtida jamoani tark etishni rejalashtirmayapti.
25 yoshli nemis "Chelsi" da boshqa klublarga qaraganda ko'proq yutuqlarga erishishiga ishonmoqda. Qayd etilishicha, "aristokratlar"ga uning vatandoshi Tomas Tuxelning tayinlanishi hujumchining Angliyada qolish istagida muhim omil bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, Verner "Chelsi"ga 2020 yilning yozida "Leyptsig"dan 53 million evro evaziga o'tgan edi. Avvalroq, londonliklar futbolchini kelasi yilda sotish g'oyasini ko'rib chiqayotgani haqida xabar berilgan edi.
Ma'lumot uchun, germaniyalik futbolchi joriy mavsum Premer-liga doirasida 28 o'yinda maydonga tushib, 5 gol 8 assist muallifiga aylangan.
Manba: GoalFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
233