«Milan» MYu futbolchisini sotib ololmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145

Ushbu mavsum "Milan"da ijarada bo'lgan "Manchester Yunayted" himoyachisi Diego Dalot kelishuv muddati tugagandan so'ng, Angliyaga qaytadi, deydi jurnalist Nikolo Shkira.
Italiyaliklar 22 yoshli futbolchini jamoada saqlab qolishni istashadi, biroq klub MYuning moliyaviy ehtiyojlarini qondira olmaydi.
"Manchester Yunayted" Dalot uchun kamida 20 million evro olmoqchi. Hozirda bu mablag' "Milan" uchun qulay emas, chunki klubning transfer bozorida ustuvor vazifalari bor.
2020/2021 yilgi mavsumda himoyachi "rossonerilar" safida barcha turnirlarda 24 o'yin o'tkazib, 2 gol va 2 golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
231