«Barsa» Veynaldum uchun qancha maosh to'lashi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 156

Yarim himoyachi Jorjino Veynaldum yozda «Liverpul»ni erkin agent sifatida tark etadi.
Jurnalist Nikolo Skira tarqatgan xabarga ko'ra, 30 yoshli futbolchi klub bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmadi. Niderlandiyalik futbolchining "qizillar" bilan shartnomasi joriy mavsum so'ngida yakunlanadi.
«Barselona» esa Veynaldum bilan shartnoma imzolash borasida ish olib bormoqda. Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar Jorjinoga yillik maoshi 8 million evroga teng 3 yillik shartnoma taklif qilmoqda.
Bundan tashqari, Veynaldumga «Inter» ham qiziqish bildirgandi, ammo "neradzurri" o'yinchiga rasmiy taklif yubormadi.
Niderlandiyalik futbolchi APLning joriy mavsumida 29ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi.

Bosh sahifaga
214