«Manchester Yunayted»ning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 177

Himoyachi Lyuk Shou ketma-ket ikkinchi marta «Manchester Yunayted» klubining "oy futbolchisi" sovrinini qo'lga kiritdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
O'tkazilgan so'rovnomada Shou 63% ovoz bilan birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. U Din Xenderson (26%) va Viktor Lindelyof (11%)ni ortda qoldirdi.
Lyuk fevral oyida ham klubning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi. Mart oyida futbolchi «Manchester Siti» darvozasiga g'alaba to'pini kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
186