Frantsiya terma jamoasi 30 yillik rekordini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 166

Frantsiya terma jamoasi JCh—2022 saralash bosqichi 2-turi doirasida 28 mart kuni bo'lib o'tgan o'yinda Qozog'istonni mag'lubiyatga uchratdi (2:0).
Dide Desham qo'l ostidagi jamoa safar o'yinlaridagi ketma-ket ettinchi g'alabani qo'lga kiritdi. Umumiy hisob — 13:1.
Bu frantsuzlar uchun so'nggi 30 yildagi eng yaxshi ko'rsatkich bo'ldi. 1990 yilning yanvaridan 1991 yilning oktyabrigacha Frantsiya terma jamoasi ketma-ket ettita mehmondagi o'yinni g'alaba bilan yakunlagandi.
So'nggi bor Frantsiya 2019 yilning iyunida safarda g'alaba qozona olmagandi. O'shanda jamoa Evro—2020 saralashi doirasidagi o'yinda Turkiyaga engilgandi (0:2).
Amaldagi jahon chempioni keyingi safar o'yinini 31 mart kuni Bosniya va Gertsegovinaga qarshi o'tkazadi.

Bosh sahifaga
216