Ispaniya jahon rekordini o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 207

Ispaniya terma jamoasi JCh-2022 saralash bosqichi doirasida Gruziya mehmoni bo'lib, irodali g'alabani qo'lga kiritdi (2:1).
"Qizil furiya"ning jahon chempionatlari saralash bosqichlaridagi mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasi 65taga etdi. Bu esa JCh saralash bosqichlarining mutlaq rekordi hisoblanadi.
Ispaniya so'nggi marta 1993 yilning 31 mart kuni JCh saralash bosqichi doirasida Daniyaga imkoniyatni boy bergandi (0:1).
Ispanlar so'nggi 65ta bahsning 51tasida g'alaba qozonib, 14 marta durang o'ynashgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
215