JCh-2022 saralash. Frantsiya safarda Qozog'istonni mag'lub etdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 177

Evropa qit'asida JCh-2022 saralash bosqichidan o'rin olgan o'yinlar davom ettirilmoqda. Frantsiya terma jamoasi bugun safarda Qozog'istonga qarshi bahs olib borib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.
Bahsning 19-daqiqasida Usmon Dembele hisobni ochgan bo'lsa, taym oxirida to'p qozog'istonlik himoyachi Maliydan darvozaga borib tushdi.
Mazkur hisob o'yinda boshqa o'zgarmadi. Frantsiya o'z ochkolarini 4taga etkazib, peshqadamga aylangan bo'lsa, Qozog'iston hisobida hali ochko mavjud emas.
JCh-2022 saralash, 2-tur
Qozog'iston – Frantsiya 0:2 (0:2, 0:0)
Gollar: 0:1 – 19 Dembele, 0:2 – 44, avtogol Maliy.
Qozog'iston – Mokin, Biistrov, Maliy, Alip, Erlanov, Mujikov (Vorogovskiy, 65), Valiullin (Samorodov, 83), Tagibergen, Nurgaliev (Karimov, 83), Vasilev (Astanov, 89), Fedin (Tung'ishbaev, 65).
Frantsiya – Loris, Zuma, Langle, Din, Dyubua, Ndombele (Sissoko, 82), Pogba (Rabo, 59), Lemar, Dembele (Koman, 90), Marsyal (Mbappe, 59), Grizmann (Ben-Yedder, 59).
Ogohlantirish: Dembele (88).

Bosh sahifaga
198