Milliy termamiz «Bunyodkor» stadionida mashg'ulot o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 179

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi Iroq bilan o'yin oldidan rasmiy mashg'ulot o'tkazdi. “Bunyodkor” stadionida o'tadigan mazkur o'rtoqlik uchrashuvi ertaga soat 18:00 da start oladi.
Milliy jamoamiz ertangi bahsda ko'k rangli liboslarda maydonga tushadi. Iroq vakillari esa yashil rangli sport formalarda to'p suradi.
Mazkur bellashuvni FIFA referisi Nurzatbek Askat o'g'li boshchiligidagi qirg'izistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Sergey Grishchenko hamda Ismoiljam Talipjanov yordamlashadi.
Zaxira hakami etib hamyurtimiz Ahrol Risqullaev tayinlandi. Hakamlar nazoratchisi sifatida Bahodir Qo'chqorov faoliyat olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
199