Keyn yaqin kelajakdagi rejalari haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 231

«Tottenxem» va Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn Evropa chempionatidan keyin faqat London klubi bilan bo'lajak faoliyati haqida o'ylamoqchi.
«Men bor e'tiborimni Angliya uchun bo'lajak ikkita o'yin va "Tottenxem" bilan mavsum yakuniga qaratishim kerak. Keyin, esa yirik turnir Evro bo'lib o'tadi.
Men bir maqsad va bitta ishga e'tibor qaratishni yaxshi ko'raman, ya'ni "shporlar" bilan hamisha zafar quchish Angliya bilan ham ushbu saralash bahslarida ham Evro musobaqasida davomli va ajoyib g'alabaga erishishni. Shu bilan birga har xil mish-mishlardan uzoq bo'lishga harakat qilaman.
Yaqin oylar mobaynida o'zimni to'liq faqat maydonda ishlashga bag'ishlayman. Keyin nimalar bo'lishini ko'ramiz », - deydi angliyalik futbolchi.
Manba: sky sports
Bosh sahifaga
229