"Yuventus" koreyalik yarimhimoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 205

Turin klubi "Valenciya"ning 20 yoshli yarimhimoyachisi Li Kan Inning o'sib borishini kuzatmoqda, deya xabar beradi El Mundo Deportivo
Ular futbolchini keyingi transfer oynasida sotib olishmoqchi. Ushbu transferni amalga oshishiga Koreys va "ko'rshapalaklar" rahbariyati o'rtasidagi shartnomani yangilash borasidagi noaniqlik yordam berishi mumkin. Futbolchining klub bilan kelishuvi esa kelasi yilning yozida yakuniga etadi.
Yarimhimoyachiga "keksa sinore"dan tashqari boshqa klublar ham qiziqish bildirmoqdalar, ammo hozircha aniq takliflar mavjud emas.
Joriy mavsumda Li Kan In 23 o'yin o'tkazib, 1 gol urgan va 4 golga uzatma amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
168