«Yuventus» Lokatelli uchun bir futbolchisini qo'shib berishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 160

Turinning «Yuventus» klubi anchadan beri «Sassuolo» xavbeki Manuel Lokatellini o'z safiga qo'shib olish uchun harakat olib borayotgani haqida xabar bergan edik. «Keksa sinyora» Manuel uchun 40 million evro taklif etdi.
Biroq bu «Sassuolo»ning talablarini to'liq qondira olmaydi. Turin klubi ushbu transfer uchun bir futbolchisi Nikolo Fadjolini ham qo'shib berishga tayyorligini bildirgan.
Ma'lumot uchun, joriy mavsum Lokatelli 25 ta o'yinda maydonga tushib o'z hisobiga 3 gol va 2 assistni yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
134