Modrich Xorvatiya terma jamoasida mutloq rekordchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

Kecha "JCh 2022"ga saralash bosqichi doirasida Xorvatiya terma jamoasi Kiprga qarshi bahs olib bordi va minimal, 1:0 hisobida g'alabaga erishdi.
Xorvatlarning yagona goli 40-daqiqada Mario Pashalich tomonidan kiritildi. Ushbu o'yinda yarimhimoyachi Luka Modrich o'zining terma jamoadagi 135-uchrashuvini o'tkazdi va 2016 yilda faoliyatini yakunlagan rekordchi Dario Srna(134)dan o'zib ketdi.
Keyingi o'rinlarda Stipe Pletikosa(114), Ivan Rakitich(106) Yosip Shimunich(105), Ivitsa Olich(104) hamda Vedran Chorluka(103)lar joylashishgan.
Manba: soccernews.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
147