JCh-2022 saralash. Rossiya Sloveniyani mag'lub etdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 168

Evropada 2022 yilgi jahon chempionati saralash bosqichining 2-tur o'yinlariga start berildi.
"H" guruhida ishtirok etayotgan Rossiya va Sloveniya terma jamoalari Sochi shahrida to'qnash kelishdi. Mzbonlar bahsning 26 va 35-daqiqalarida Artyom Dzyuba tomonidan urilgan 2ta gol evaziga oldinga o'tib olishdi. 36-daqiqada esa mehmonlar Ilichichning goli evaziga bitta javob to'pini kiritishdi.
Mazkur hisob o'yinda boshqa o'zgarmadi. Rossiya o'z ochkolarini 6taga etkazib, yaqqol peshqadamga aylandi. Sloveniya hisobida esa 3 ochko mavjud.
JCh-2022 saralash. Evropa, 2-tur
Rossiya - Sloveniya 2:1
Gollar: Dzyuba, 26 - 1:0, Dzyuba, 35 - 2:0, Ilichich, 36 - 2:1
Rossiya: Shunin, Kudryashov, Semenov, Jikiya, Jirkov (Karavaev, 68), Ozdoev, Kuzyaev, Jemaletdinov (Muxin, 86), Golovin (Miranchuk, 49), Fernandes, Dzyuba (Zabolotniiy, 86).
Sloveniya: Oblak, Mevlya, Blajich, Balkovets, Stoyanovich (Skubits, 61), Biyol (Vetrix, 62), Kurtich, Ilichich, Lovrich (Zaxovich, 86), Zayts (Boxar, 75), Shporar (Vuchkich, 75).

Bosh sahifaga
139