«Yuventus» Lokatelliga uzoq muddatli bitim taklif etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 173

Turin klubining anchandan beri «Sassuolo» etakchisi Manuel Lokatelli bilan muzokaralar o'tkazayotgani haqida xabar bergan edik.
Endi «keksa sinyora» italiyalik futbolchi uchun «qora-yashillar»ga 5 yil muddatga mo'ljallangan shartnoma taklif etdi. Nikolo Skiraning ma'lum qilishicha, «biankonerilar» qo'shimchasiga Nikolo Fadjolini ham qo'shib berishga tayyor.
Ma'lumot uchun, joriy mavsum 23 yoshli Lokatelli 25 ta o'yinda maydonga tushib 3+2 natijani qayd etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206