"Paxtakor" futzalchilari 14-turni yirik yutuq bilan tugatishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 154

"Paxtakor" futzalchilari oliy liga 14-turini yirik hisobdagi g'alaba bilan yakunlashdi.
"Qo'qon-1912"ga qarshi o'ynagan Shuhrat Toshmedov shogirdlari ushbu jamoani 12:3 hisobida mag'lub etishdi. Birinchi bo'limda raqib darvozasiga 5 to'p kiritgan jamoamiz ikkinchi bo'limda ham hujumkorlikni pasaytirmadi. Akbar Usmonov hisobiga besh gol yozilgan bo'lsa, Dilmurod Shavkatov, Dilshod Irsaliev va Muhammad Zoirov ikkitadan to'p kiritdi. Yana bir gol Avaz Abduvaliev tomonidan urildi. Ushbu g'alabadan keyin "Paxtakor" 104 ochko to'plagan holda oxirgi ikki tur oldidan yaqqol peshqadamlik qilmoqda.
"PAXTAKOR" - "QO'QON-1912" - 12:3 (5:1)
Gollar: Usmonov 6, 33, 34, 34, 39, Shavkatov 8, 13, Irsaliev 10, 12, Zoirov 27, 32, Abduvaliev 30 - Karimov 13, To'xtaboev 26, Tolipov 39.

Bosh sahifaga
182