«Liverpul» «Torino» himoyachisi uchun kurashga qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 209

Mersisaydliklar ayni dam Italiyaning «Torino» klubi himoyachisi Ulfrid Singo o'yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Bu haqda Italiya matbuoti xabar beradi. «Qizillar» bu borada «Milan» bilan raqobatga kirishishlariga to'g'ri keladi. Turin klubi futbolchisi uchun 20 million so'ramoqda. Biroq Transfermarkt Ulfridning narxini atigi 6 millionga baholagan.
Ma'lumot uchun, Singo joriy mavsum 23 ta o'yinda maydonga tushib 1 gol va 3 assist mullifiga aylandi. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203