Sambo. Jahon kubogining dastlabki kunida vakillarimizdan 4 ta medal!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

Xabar berganimizdek, Rossiya poytaxti Moskva shahrida sambo bo'yicha «Xarlampiev Memoriali» nomi ostida Jahon kubogi bahslari o'tkazilmoqda.
Musobaqaning birinchi kun bahslarida o'zbekistonlik to'rt nafar sportchi shohsupaga ko'tarildi. Kun yakuniga ko'ra, jangovar sambochimiz Bahodir Bakiev (-58 kg) barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo'ldi. Xomidjon Mo'minov (sportcha sambo, -64 kg), Dilshod Choriev (sportcha sambo, -98 kg) va Hakimjon Ismoilov (jangovar sambo, +98 kg) kumush medalga ega chiqishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
199