Premer-liganing yangi mavsumini o'tkazish vaqti ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 158

Angliya Premer-ligasining rasmiy veb-sayti 2020/2021 yilgi mavsumning boshlanish va tugash sanalarini e'lon qildi.
Chempionat rahbariyati yangi musobaqani 2021 yil 14 avgustda boshlashga qaror qildi. Bu APLning doimiy sanalariga qaytishi hisoblanadi.
Chunki ushbu mavsum koronavirus sabab o'yinlar muddati o'zgargan edi. Mavsumning so'nggi tugashi esa 2022 yil 22 may etib belgilangan.
Bunday sanalar 2020 yilgi mavsumda mavsumoldi tayyorgarliklardan mahrum bo'lgan ko'pgina jamoalar uchun tayyorgarlik mashg'ulotlarini o'tkazish imkoniyatini beradi.
Ammo, futbolchilarning tayyorgarligiga yozgi UEFA EVRO 2020 va undan keyingi Tokio Olimpiadasi ta'sir qilishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
234