Diego Kosta Portugaliya klubiga o'tishga rozi bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 177

"Atletiko Madrid" va "Chelsi"ning sobiq hujumchisi Diego Kosta faoliyatini yozda Portugaliyaning "Benfika" klubida davom ettiradi.
Portugaliya klubi 32 yoshli futbolchi bilan printsipial kelishuvga erishgan. Ispaniyalik hujumchi 2020 yil dekabrida "Atletiko"dan ketganidan so'ng erkin agent maqomida bo'lib turibdi.
Avvalroq "Benfika" Kostaga yiliga 3 million evro maosh bilan ikki yillik shartnoma taklif qilgani haqida xabar berilgan edi.
Transfer narxi 10 million evroga baholanayotgan Kosta faoliyati davomida Portugaliyaning "Braga", "Penafiel", Ispaniyaning "Atletiko", "Selta", "Albasete", "Valyadolid", "Rayo Valekano" va Angliyaning "Chelsi" jamoalarida to'p tepgan.
Manba: chempionat.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
259