Modrich Xorvatiya terma jamoasida rekord o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 179

Kecha "JCh 2022"ga saralash bosqichi doirasida Xorvatiya terma jamoasi Sloveniyaga qarshi bahs olib bordi va minimal, 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
Sloveniyaliklarning yagona goli 15-daqiqada Sandi Lovric tomonidan kiritildi. Ushbu o'yinda yarimhimoyachi Luka Modrich o'zining terma jamoadagi 134-uchrashuvini o'tkazdi va 2016 yilda faoliyatini yakunlagan rekordchi Dario Srnaga etib oldi.
Keyingi o'rinlarda Stipe Pletikosa(114), Ivan Rakitich(106) Yosip Shimunich(105), Ivitsa Olich(104) hamda Vedran Chorluka(103)lar joylashishgan.
Ma'lumot o'rnida, Xorvatiya va Sloveniyadan tashqari Rossiya, Slovakiya, Kipr va Malta terma jamoalari "H" guruhida joy olgan. Xorvatlarning navbatdagi uchrashuvi esa 27 mart kuni o'z uyida Kiprga qarshi bo'lib o'tadi.

Bosh sahifaga
255