«Yuventus» himoyachisi mavsum oxirida faoliyatini tugatishni rejalashtirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 163

Turin klubi himoyachisi Jorjio Kellini joriy mavsum oxirida faoliyatini yakunlash haqida o'ylamoqda.
Tuttosport xabariga ko'ra Turinliklar sardorisiz qolishi mumkin.
Manba bergan xabarga ko'ra, sardorlik bog'ichi uchun asosiy da'vogar yoshi kichikligiga qaramay etakchilik fazilatlari va ishonchli o'yin namoyish etadigan Matteys de Ligt bo'ladi. Ijobiy tomoni shundaki, u atigi 18 yoshida "Ayaks" sardori bo'lgan.
Himoyachidan tashqari Paulo Dibala yoki Krishtianu Ronaldu ham maxsus bog'ichga nomzodlardan. Portugaliyalikning Turinda qolish qaroriga ta'sir qiluvchi faktor ham aynan sardorlik maqomi bo'lishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
267