O'zbekiston MTJ Ganaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi oldidan tayyorgarlikni davom ettirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 141

Vadim Abramov murabbiyligi ostidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Gana vakillariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi uchun tayyorgarlik mashg'ulotlarini «Jar» stadionida o'tkazmoqda.
Avval xabar berganimizdek, 26 mart kuni Namangandagi «Navbahor» stadioni mezbonlik qiladigan mazkur bahsni qirg'izistonlik FIFA referisi Dayirbek Abdildaev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Ertaga O'FA majlislar zalida ikki terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi. Soat 10:30 da Gana terma jamoasi bosh murabbiyi Ibrahim Tanko jurnalistlar savollariga javob qaytaradi. Shundan so'ng, soat 11:00 da O'zbekiston terma jamoasi Vadim Abramov anjumanda qatnashadi.
Ma'lumot o'rnida, O'zbekiston - Gana o'rtoqlik o'yini chiptalari bugundan e'tiboran Namangan «Markaziy» stadioni kassalarida sotuvga chiqadi. Chiptalar narxi 20 ming so'mni tashkil qiladi.
Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Bosh sahifaga
267