FIFAning sobiq prezidenti futbol faoliyatidan chetlatildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

Blatterga 6 yildan ortiq vaqt davomida futbol faoliyati bilan shug'ullanishi taqiqlandi.
FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter futbol bilan bog'liq har qanday faoliyat bilan shug'ullana olmaydi, deya xabar beradi tashkilot rasmiy sayti.
Mustaqil Etika Qo'mitasi FIFA kodeksining ko'plab buzilishlarida aybdor bo'lgan Blatterdan tashqari, funktsional qoidabuzarliklarda tashkilot sobiq bosh kotibi Jerom Uolkening ishtirokini ham aniqlagan va aybdor deb topgan.
Ikkala sudlanuvchi ham bir xil jazo oldi. Ular 6 yil 8 oy muddat ichida hech qanday futbol faoliyati bilan shug'ullana olmaydi. Bundan tashqari, ular 1 million Shveytsariya franki (taxminan 900 ming evro) miqdorida jarima to'lashlari kerak.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
261