FIFA kunlari oldidan Angliyada yo'qotishlar bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 171

Jahon chempionatiga saralash bosqichi uchun o'tkaziladigan o'yinlarda Angliya milliy terma jamoasining ikki nafar futbolchisida jarohat borligi ma'lum bo'lmoqda.
MYu forvardi Markus Reshford hamda «Arsenal» xavbeki Bukayo Saka terma jamoaning ertangi «San Marino»ga qarshi bahsini o'tkazib yuborishi kutilmoqda. Reshford mashg'ulotlar jarayonida oyog'ini engil shikastlab olgan. Saka esa «Tottenhem» bilan o'yinda jarohat olgan edi.
Biroq ushbu futbolchilarning keyinchalik Albaniya (28 mart) va Polshaga (31 mart) qarshi uchrashuvlarda maydonga tushishi kutilyapti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
278