«Bavariya» himoyachisi 2ta o'yinga chetlatildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 157

"Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis Bundesliga doirasidagi navbatdagi 2ta o'yinda ishtirok eta olmaydi.
Kanadalik futbolchi "Shtutgart"ga qarshi o'yinda darvozabon Vatar Endoga qo'pollik ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan edi. Shu bois, u ikkita o'yinga diskvalifikatsiya qilindi.
Shu tariqa, chap qanot himoyachisi "RB Leyptsig" va "Union"ga qarshi bahslarni o'tkazib yuboradi.
Devis joriy mavsumda "Bavariya" safida 27ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
259