Xames jarohatidan forig' bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

"Everton" yarimhimoyachisi Xames Rodrigez mushaklar bilan bog'liq jarohatidan tiklanish vaqti haqida gapirdi.
«Men allaqachon yaxshiman va 5-aprel kuni "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinda maydonga tushishga tayyorman»
Xudoga shukur, hammasi yaxshilandi. Men yana o'ynamoqchiman va jamoamga foyda keltirmoqchiman», - deydi kolumbialik futbolchi.
Ushbu mavsum avvalida "Real"dan "Everton"ga ko'chib o'tgan Rodrigez APLning 18 uchrashuvida maydonga tushib, 5 gol va 4 assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
Uning ingliz klubi bilan shartnomasi esa 2022 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.
Manba: chempionat.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
192