Kroos terma jamoa yig'inlarini tark etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 190

"Real" yarimhimoyachisi Toni Kroos jarohati sababli Germaniyaning JCh-2022 saralash uchrashuvlarini o'tkazib yuboradi.
Germaniya futbol assotsiatsiyasi (DFB) matbuot xizmatining xabar berishicha, futbolchi terma jamoa qarorgohiga aduktor mushaklari bilan bog'liq muammolarni boshdan kechirgan holda etib kelgan.
O'tkazilgan tekshiruvlardan so'ng, jarohat jiddiy ekanligi hamda Kroosning Islandiya, Ruminiya va Shimoliy Makedoniya bilan o'ynashiga yo'l qo'yilmasligi aniqlandi.
Shu sababdan Dyusseldorfga etib kelgan 31 yoshli yarim himoyachi Ispaniyaga qaytadi.
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov vaziyatga quyidagicha izoh berdi: «Tibbiy xodimlarimiz Tonining jarohatini o'rganib, intensiv davolashdi.
U biz bilan qolishni xohlardi shu o'rinda men uni yo'qotishni xohlamayman, ammo Evropa chempionati yozda bo'lib o'tishini hisobga olib, Kroosni ushbu jarohatdan to'liq tiklanishini kutish ustuvor yo'l deb qaror qildik.»

Bosh sahifaga
174