Robert Levandovski yoshlikdagi kumirlari kim bo'lganligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 196

"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski "SportBild" nashriga bergan intervyusida uning sevimli futbolchilari Roberto Badjo va Alessandro Del Pero bo'lganligini aytdi.
"Esimda, olti yoshimda mening bitta sevimli futbolchim bor edi - Roberto Badjo. Shuningdek, keyinchalik Alessandro Del Pero ham mening qahramonimga aylangan, men ularning o'yinlariga juda qoyil qolardim. Aytish joizki, o'sha paytda men ularning o'yin uslubini tushunishga juda yosh edim.
Vaqt o'tishi bilan meni "Arsenal" afsonasi Terri Anrining o'yinlari ham hayratga sola boshladi. Uning harakatlari, erkin zonalarga yugurishi, gollari va g'alabalari... Menda shunday fazilatlar bo'lishni xohlardi. Men hamma narsada unga taqlid qilmoqchi edim.
Barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchisi?
Turli xil davrlarni hisobga olgan holda bittasini tanlash qiyin. So'nggi 10-15 yil ichida ular Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu va Ronaldino hisoblanadi.
Meni futboldan zavqlantiradigan g'ayrioddiy iste'dodlar har doim bo'lgan. Bu futbolchilar qiyin narsalarni oddiy ko'rinishga keltiradigan odamlar hisoblanadi", - deydi Levandovski.

Bosh sahifaga
177