«Yuventus» ikki futbolchisi evaziga sobiq hujumchisini qaytarib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 212

Kin yana Turinga qaytishi mumkin
"Yuventus" "Everton»ga transfer qilingan va ayni paytda PSJda ijara asosida to'p surayotgan Moyze Kinni jamoaga qaytarishi mumkin.
Klub agar Ronaldu ketadigan bo'lsa, Moyze Kin bilan shartnoma imzolaydi. Buning uchun Turin klubi Aaron Remzi yoki Duglas Kostani Kinning shartnomasiga qo'shishi kerak. Frantsuz futbolchisi 2019 yilda Mersisayd klubiga sotilgan edi.
21 yoshli Kin o'tgan yilning oktyabr oyida, PSJga ijaraga o'tganidan beri parijliklar tarkibida 28 o'yinda 15 gol urdi. Uning qiymati 40 million evroga, Remzi 15 million, Kosta esa 25 million evroga baholanmoqda.
Manba: TuttoJuveFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
275