«Yuventus»ni boshqarishi mumkin bo'lgan murabbiylar aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 354

«Yuventus» rahbariyati yangi bosh murabbiy qidirish ishlarini boshlab yubordi. Bu haqda "La Repubblica" xabar tarqatdi.
«Yuventus» Italiya chempionatining 27-turida «Benevento»ga yutqazib qo'ygach (0:1), Pirloning amal kursisi qimirlab qoldi. «Yuventus» ayni paytda 55 ochko bilan 3-pog'onani egallab turibdi. Ammo jamoa 5-o'rindagi «Napoli»dan atigi 2 ochko oldinda bormoqda.
Manbaga ko'ra, turinliklar bosh murabbiy lavozimi 3 mutaxassisning nomzodini ko'rib chiqishmoqda. Rahbariyat ro'yxatidan Luchano Spalletti, Jan Pero Gasperini («Atalanta») va Simone Indzagi («Latsio») o'rin olishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
268