«Shabab al-Ahli»: Masharipov OChLda ishtirok etadi, Hamrobekov esa...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 164

Birlashgan Arab Amirliklarining «Shabab al-Ahli» klubi Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichi uchun OFKga taqdim etilgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.
Jamoa o'zbekistonlik yarim himoyachi Jaloliddin Masharipovni ushbu ro'yxatga kiritdi, ammo Odiljon Hamrobekovni ro'yxatdan o'tkazmadi. Shu bois, Hamrobekov OChLda ishtirok eta olmaydi.
Azizjon G'aniev esa avvalroq jarohat olib, operatsiya qilingan edi. Shu sababli, u "Shabab"ga OChLda yordam bera olmaydi.
Eslatib o'tamiz, «Shabab al-Ahli» Chempionlar ligasining guruh bosqichida "Al-Hilol" (Saudiya Arabistoni), "Istiqlol" (Tojikiston) hamda "Al-G'arafa" / AGMK juftligi g'olibiga qarshi maydonga chiqadi. Guruh bosqichi o'yinlari Dushanbe shahrida bo'lib o'tadi.
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
267