Eldor Shomurodov "Jenoa"da ko'proq bosim ostida qolayotgan ekan...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 220

Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini boshladi. Ushbu yig'inga bosh murabbiy aksariyat legionerlarimizni chaqirib, asosiy tarkibni shakllantirishga harakat qilmoqda.
Italiyaning "Jenoa" klubi sharafini himoya qilayotgan Eldor Shomurodov ham yurtimizga etib keldi. Shu fursatdan foydalanib, O'FA matbuot xizmati hujumchimiz bilan intervyu uyushtirdi. Quyida ushbu suhbatning bir qismini e'tiboringizga havola etamiz.
-Sizni kuchli beshlik chempionatlarida stabil o'yin namoyish qilayotgan ilk o'zbek futbolchisi deyish mumkin. Aytingchi, MTJda bosim yuqorimi yoki "Jenoa"da?
"O'ylashimcha, "Jenoa"dagi o'yinlarda kattaroq bosim ostida qolaman. Sababi, u erda ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishga harakat qilaman. Asosiy maqsadim milliy terma jamoamizga foyda keltirish. Genuyada o'tayotgan har bir kunim O'zbekiston MTJning keyingi o'yini kutib yashash bilan o'tadi. Doim terma jamoa libosini kiyganimda, juda xursand bo'laman.
"Jenoa"da esa, vaziyat boshqacha. U erda xorijlik futbolchilar ko'p narsa kutishadi va talab qilishadi. Shuning uchun, klubda terma jamoaga nisbatan bosim kattaroq deb o'ylayman".
***
“Rostov” jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin rafiqasi Darya Gordeevaning instagram sahifasida muxlislar savoliga javob berdi. Muxlislardan biri tajribali murabbiydan O'zbekiston milliy terma jamoasini boshqarish haqida savol berdi.
Valeriy Karpin bu savolga ajoyib tarzda javob qaytardi:
- Siz O'zbekiston milliy terma jamoasini shug'ullantirishga rozi bo'lasizmi?
- Agar Eldor Shomurodov taklif qilsa, shug'ullantirishim mumkin. Talabim shuki, u erdagi barcha o'yinchilar Eldor singari yuqori saviyada bo'lishi kerak.
Valeriy Karpin o'z davrida Rossiyaning eng mashhur futbolchilaridan bo'lgan. Hujumkor futbolchi sifatida to'p surgan Karpin sobiq Ittifoq davrida Talinning “Sport”, Moskvaning “TsSKA”, Voronejning “Fakel” jamoalarida o'ynagan.
1990 yildan 1994 yilgacha “Spartak”da to'p surgan. Keyin Ispaniya chempionatiga ko'chib o'tib, “Real Sosedad”, “Valensiya”, “Selta” klublari sharafini himoya qilgan. Klublar darajasida 572 ta bellashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 109 marotaba ishg'ol qilgan.
Rossiya terma jamoasi safida 72 ta o'yinda 17 ta gol muallifi bo'lgan.
Manba: interfutbol.uz
Bosh sahifaga
286