MYu «Atletik» hujumchisini nishonga olgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 299

«Mankunianlar» jamoa hujum zonasini imkon qadar kuchaytirishni maqsad qilmoqda.
«Qizil iblislar» bu yo'lda Bilbaoning «Atletik» klubi hujumchisi Inyaki Uilyams xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda El Chiringuito xabar beradi.
Biroq basklar futbolchisining ehtimoliy transferi borasida hali aniq bir javob berganicha yo'q. MYu uning uchun bilbaoliklarga 48 million evro va'da qilgan.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Uilyams 28 ta o'yinda maydonga tushib raqiblari darvozasini 5 marta aniq nishonga oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221