«Yuventus» Ronalduning kelajagi borasida bir qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 349

"Yuventus" klubi rahbariyati hujumchi Krishtianu Ronalduning kelajagi borasida bir qarorga keldi. Bu haqda "keksa sinora" sport direktori Fabio Paratichi xabar berdi.
"Biz Ronalduni safimizda olib qolishga qaror qildik. U jahonning eng yaxshi futbolchisi. Uni hech qayoqqa qo'yib yubormaymiz", - dedi funktsioner.
Eslatib o'tamiz, 36 yoshli futbolchining "Yuve" bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.
Ronaldu 2018 yildan buyon "Yuventus" sharafini himoya qilib kelmoqda. Bu davr ichida u 123ta o'yinda maydonga tushib, 95ta gol urdi va 22ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
216