Allegri "Yuventus"ni nima uchun tark etganiga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 367

Turinning «Yuventus» klubi sobiq ustozi Massimiliano Allegri nima uchun jamoani tark etganiga qisqa izoh keltirib o'tdi.
"Men bu erda ajoyib 5 yillikni o'tkazdim. Barchamiz ahil oilaga aylangan edi. Biroq, keyinchalik nima uchundir mening fikrim rahbariyatniki bilan ikki xil joydan chiqa boshladi. O'z rejalarining amalga oshmasligi esa tabiiyki hech bir murabbiyga yoqmaydi.
Bir narsani unutmaslik kerak: klub yaxlit bir tuzilmaga aylanishi uchun hech qachon bir futbolchiga bog'lanib qolmasligi kerak. Ammo hozir jamoaning har bir a'zosi bilan munosabatimiz yaxshi. Anelli bilan tez-tez ko'rishib turamiz", - deydi Allegri.
Eslatib o'tamiz, "Yuventus" Allegri qo'l ostida ikki marta EChL finaligacha etib borgan.

Bosh sahifaga
197