Portugaliya chempionatida posbon o'z darvozasidan oldidan zarba berib, gol urdi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 241

Portugaliya chempionatida darvozabon chiroy borasida kam uchraydigan gol urishga muvaffaq bo'ldi. Gap Portugaliya Segundasi vakili — «Varzin» klubi posboni Rikardu Nunesh haqida ketmoqda.
Chempionatining 22-turidan o'rin olgan «Mafra»ga qarshi o'yinda o'z jarima maydoni ichida to'pni egallab olib, darhol oldingi chiziq tomon tepdi. To'p esa erga urilib, raqib darvozabonining ustidan oshib o'tgancha to'rga borib tushdi. 38 yoshli Rikardu Nunesh o'z hissiyotlarini jilovlay olmasdan, golni nishonlash uchun murabbiylar shtabi tomon yugurib ketdi.
«Varzin» mazkur o'yinda 2:0 hisobida g'alaba qozonib, 21 ochko bilan jadvalda 17-o'ringa joylashdi.
Aproveita porque não vês disto todos os dias! ???? Ricardo Nunes marcou de ???????????????????????? ???? ???????????????????????? pelo Varzim!#Canal11 #FutebolEmPortuguês pic.twitter.com/95mPGophFL
— Canal 11 (@Canal_11Oficial) March 20, 2021 Manba: sport24.ru
Bosh sahifaga
229