A seriya. «Yuventus» o'z uyida «Benevento»ga yutqazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 221

Italiya chempionatining 28-turi doirasida kutilmagan natija qayd etildi. «Yuventus» A seriyaning quyi pog'onalarida borayotgan «Benevento»ni qabul qilib, imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Bahsning 4-daqiqasidayoq Ronaldu hisobni ochishi kerak edi, ammo uning 12 metrlardan yo'llagan zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi.
Birinchi bo'lim so'ngida esa hakam dastlab "Benevento" darvozasiga penalti belgilab, VAR bilan maslahatlashgach uni bekor qildi. Oradan 3 daqiqa o'tib esa Krishtianu ofsayddan darvozani ishg'ol qilgani uchun gol inobatga olinmadi.
O'yinning 70-daqiqasida esa mehmonlar hisobni ochishdi. Arturning muvaffaqiyatsiz uzatmasidan keyin to'pni Gaych egallab oldi va raqib darvozasini ishg'ol qildi.
Bahsning so'nggi daqiqalarida "Yuventus" etakchisi Ronaldu ikki marta yaxshi vaziyatga ega bo'ldi, ammo uning zarbalariga ozgina aniqlik etishmadi.
Shu tariqa, "Yuve" muhim 3 ochkodan mahrum bo'ldi va chempionlik uchun kurashdagi imkoniyatlarini yanada pasaytirib yubordi. "Benevento" esa o'z ochkolarini 29taga etkazib, xavfli hududdan biroz uzoqlashdi.
Italiya A seriyasi, 28-tur
Yuventus – Benevento 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 69 Gaych.
Yuventus – Shchensni, Bonuchchi, de Ligt, Danilo, Kulusevski, Artur (Bentankur, 73), Bernardeski, Rabo (Makkenni, 73), Keza, Ronaldu, Morata.
Benevento – Montipo, Barba, Kaldirola, Tuyya, Fulon (Telo, 73), Xetemay (Dabo, 83), Viola, Ionitse, Improta, Lapadula (Kaprari, 73), Gaych (Di Serio, 83).
Ogohlantirishlar: Tuyya (9), Bernardeski (17), Barba (75), Telo (84), Bentankur (90).

Bosh sahifaga
224