Italiya A Seriyasining 2019/20 yilgi mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

Italiya futbol assotsiatsiyasi 2019/20 yilgi mavsum yakunlari bo'yicha turli nominatsiyalarda g'oliblar nomini e'lon qildi.
Unga ko'ra «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu mavsumning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. Portugaliyalik hujumchi A Seriyaning 2019/20 yilgi mavsumida 33 o'yin o'tkazib, 31 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgandi.
Qolgan nominatsiyalar g'oliblari quyidagicha:
Eng yaxshi murabbiy: Jan Per Gasperini («Atalanta»).
Eng yaxshi jamoa: «Atalanta».
Eng yaxshi hakam: Daniele Orsato.
Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi: Kristiana Jirelli («Yuventus»).
Mavsumning ramziy terma jamoasi:
Darvozabon: Janluiji Donnarumma («Milan»);
Himoyachilar: Robin Gozens («Atalanta»), Stefan de Vrey («Inter»), Leonardo Bonuchchi («Yuventus»), Teo Ernandes («Milan»);
Yarim himoyachilar: Nikolo Barella («Inter»), Papu Gomes («Atalanta»), Luis Alberto («Latsio»);
Hujumchilar: Paulo Dibala («Yuventus»), Chiro Immobile («Latsio»), Krishtianu Ronaldu («Yuventus»).

Bosh sahifaga
232