"PSJ" futbolchisi fevral oyining eng yaxshi futbolchisi bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 159

"Pari Sen-Jermen" futbolchisi Kilian Mbappe Liga 1 turnirida fevral oyining eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo'ldi.
Mbape bu mavsumda birinchi marta va Liga 1 tarixida beshinchi marta ushbu nomga loyiq deb topildi.
Frantsiyalik futbolchi o'tgan oyda 4 ta gol urdi va 39% ovoz to'plab, Vissam Ben-Yedder ("Monako", 33%) va Memfis Depay ("Lion", 28%) kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.
Ma'lumot o'rnida, 22 yoshli futbolchi bu mavsum Frantsiya chempionatida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol va 6 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
243